Aleksandr Miller





Aleksandr Yakovlevich Miller (1868-yilda tugʻilgan — 1940-yil 16-mart, Levallois-Perret, Fransiyada vafot etgan) — rus diplomati, sharqshunos, sobiq davlat maslahatchisi.



Tarjimayi holi



Aleksandr shifokor oilasida tugʻilgan. 1893-yildan boshlab tashqi ishlar vazirligida xizmat faoliyatini olib borgan.


1894—1899-yillarda Buxoroda siyosiy idoraning dragomani, 1899—1905-yillarda Seyistonda vitse-konsul, 1906-yilda Tehronda dragomanning birinchi missiyasi, 1907—1908-yillarda Liverpulda konsul, 1908—1910-yillarda Astrabadda konsul, 1910-yil oktyabr — 1913-yil yanvarda Tabrizda bosh konsul, 1913—1915-yillarda Ulan-Batorda diplomatik agent (Mo'g'uliston), 1915—1916-yillarda Ulan-Batorda bosh konsul sifatida faoliyat olib borgan. 1916-yil mart oyidan boshlab Buxoro amirligida istiqomat qilgan. 1916-yil oktyabridan Buxoro amirligida siyosiy agent sifatida oʻz xizmat faoliyatini oʻtay boshlagan.


U 1917-yilning mart oyida Buxoro amirligining siyosiy muxtoriyat maqomini buzmagan holda amalga oshirgan islohot loyihasining tashabbuskori va rahbari edi. Diplomat oʻsha yilning apreligacha rahbar lavozimda qolgan.


Fuqarolar urushi davrida Yager polki safida, Rossiya Janubiy Qurolli Kuchlarida (RJQK) va Rossiya armiyasida Qrim evakuatsiyasiga qadar koʻngilli askar sifatida xizmat qilgan. Evakuvatsiya jarayoni „Buyuk Gersog Aleksandr Mixaylovich“ kemasida amalga oshirilgan. Fransiyada muhojir, Afg'onistonda elchixona tarjimoni, shuningdek Yager polkining qutqaruvchilar assotsiatsiyasi aʼzosi. U imperator Nikolay II xotirasiga bagʻishlangan Zelotlar ittifoqining rasmiy aʼzolaridan biri boʻlgan. 1926- va 1927-yillarda Parijdagi Sharqni oʻrganish boʻyicha Rossiya jamiyatining yigʻilishlarida maʼruzalar oʻqigan. 1927-yilda Sharqshunoslar jamiyati majlisining raisi sifatida tayinlangan .


Aleksandr Miller Osiyo mamlakatlari tarixiga oid qator asarlar muallifi hisoblanadi. U 1940-yilning 16 mart sanasida Parij yaqinidagi Levallois-Perretda vafot etgan. Uning singlisi Natalya (1875—1962) mashhur moʻgʻul olimi A. Simukovning onasidir.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz