Aleksandr Melenchuk





Aleksandr Melenchuk (1979-yil 20-martda tugʻilgan) — moldovalik professional futbolchi. U Oʻzbekiston Superligasining Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ Namanganning „Navbahor“ jamoalarida toʻp surgan. Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.




Futbolchilik faoliyati



Faoliyatini 1999-yilda Moldovaning „Sherif Tiraspol“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik 2003-yilgi mavsumda „Tiraspol“ jamoasi safiga oʻtdi va 3 mavsum davomida toʻp surdi. 2006-yilgi mavsumda sobiq jamoasi Tiraspolning „Sherif“ klubining safiga qaytdi. Tiraspol jamoasiga qaytish ancha muvaffaqiyatli boʻlib, jamoaning ketma ket 3 mavsum davomida (2008—2010-yillar) chempion boʻlishida katta hissa qoʻshdi. 2011-yilning avgust oyida Melenchuk Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili „Soʻgʻdiyona Jizzax“ klubi safiga koʻchib oʻtdi. 2012-yil 14-aprelda u „FC Tighina“ bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. „FC Tighina“ jamoasida shartnomasi yakunlangash, u „FK Speranta Crihana Veche“ jamoasi safiga oʻtdi.


2013-yil fevral oyida u Oʻzbekiston Oliy ligasining 2013-yilgi mavsumida ishtirok etish uchun Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qaytdi. Dastlabki, 2013-yilgi mavsumidayoq Jizzax jamoasida jamoaning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan. „Soʻgʻdiyona“ klubi safida Oʻzbekiston musoboqalarida 2 mavsum davomida 51 ta oʻyinda maydonga tushgach, 2015-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga kelib qoʻshildi. „Navbahor“ jamoasida ham 2 mavsum davomida harakat qilgan Melenchuk 2017-yilgi mavsum soʻnggida „Dinamo-Auto“ jamoasi safida faoliyatini yakunlagan.



Murabbiylik faoliyati



2018-yil murabbiylik faoliyatini boshladi va 2019—2021-yillar davomida Yerevanning „FC Noah“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.



Yutuqlar



Jamoaviy



Sherif Tiraspol

Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz