Aleksandr Mejia





Aleksandr Mejia Sabalza (ispancha: Alexander Mejía Sabalsa; 1988-yil 11-iyul, Barranquilla) — kolumbiyalik professional futbolchi, Atletiko Nasional klubida yarim himoyachi sifatida to‘p suradi. Kolumbiya terma jamoasida ham o‘ynagan.




Klubdagi faoliyati



Mejia dastlab “Deportes Quindio” klubi futbol akademiyasida tajribali futbol murabbiylaridan ta‘lim oladi. 2005-yil Mustang kubogi doirasida o‘tkazilgan bahsda jamoa safida debyut qiladi. 2008-yil 26-aprelda Independiente Medellinga qarshi o‘yinda Mejia klubi Quindio uchun o‘zining birinchi golini uradi. 2011-yilda Mejia One Caldas klubiga ijara asosida o‘tadi. 6-fevral kuni Mejia Chikoga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qiladi.


2012-yilda Aleksandr “Atletiko Nasional”ga o‘tadi. 11-fevral kuni Boyaca Chikoga qarshi uchrashuvda u yangi jamoasi safida debyut qiladi. Birinchi mavsumidayoq Mejía klubga Kolumbiya kubogini yutishda yordam beradi va 2013-yilda Apertura va Klausura chempioni bo‘ladi.


2015-yil boshida Aleksandr Meksikaning Monterreyi klubiga transfer qilinadi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Leones Negrosga qarshi o‘yinda u Meksika Primerasida debyut qiladi. O‘sha yilning yozida Mejia “Atletiko Nasional”ga ijara asosida qaytadi. 2016-yilda u Atletiko Nasional bilan Libertadores kubogini qo‘lga kiritadi. O‘sha yilning yozida Mejia Leon safiga kelib qo‘shiladi. 7-avgust kuni o‘zining sobiq jamoasi Monterreyga qarshi o‘yinda u Leon safida debyut qiladi. 29-sentyabr kuni Meksika kubogi doirasida Toluka bilan kechgan o‘yinda Aleksandr Leon uchun o‘zining dastlabki golini uradi.



Milliy terma jamoadagi faoliyati



2012-yilning 4-aprelida Peruga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Mejia Kolumbiya milliy futbol terma jamoasi safida o‘zining dastlabki o‘yinini o‘tkazadi.



Erishgan yutuqlari




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz