Aleksandr Lavrik





Aleksandr Fedorovich Lavrik (1927-yil 5-noyabr — 2010-yil 28-may) — matematik-olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, A.A.Markov mukofoti laureati.




Biografiyasi



Aleksandr Lavrik 1927-yil 5-noyabrda Georgievka qishlogʻida (zamonaviy Kemerovo viloyati hududida) dunyoga kelgan.


Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.


1952-yilda Fargʻona pedagogika institutini „matematika fani oʻqituvchisi“ ixtisosligi boʻyicha tamomlab, Toshkentdagi maktabda oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini boshlagan.


1957-1967-yillar oraligʻida Lavrik –  Toshkent Oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtida ishlagan.







Akademik Lavrik   2010-yil 28-mayda Toshkent shahrida vafot etgan, olim shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.



Ilmiy faoliyati



Aleksandr Lavrik faoliyati davomida raqamlar nazariyasi, funksiyalar nazariyasi, matematik tahlilga oid asosiy ishlar bilan shugʻullangan.


Dirixle funksiyalarining taqribiy funksional tenglamalarini oʻrganish usulini ishlab chiqqan.


Asimptotik qonunining elementar isbotida oddiy raqamlarning taqsim bahosini yetkazib bergan.


U mingyilliklar muammosi hisoblangan Riman gipotezasi, sonlar nazariyasiga oid qiyin masalalarni yechish ustida izlanishlar olib borgan.


Olim yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uning rahbarligida 6 ta doktorlik va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.



Ijtimoiy hayotdagi  faoliyati



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Muammolar kengashi a’zosi, „Oʻzbek matematikasi“ jurnali tahririyati a’zosi hamda Ilmiy darajalar berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashi a’zosi hisoblangan.


Shuningdek, Lavrik Rossiyada muntazam ravishda oʻtkazilib kelingan „Raqamlar nazariyasining zamonaviy muammolari“ xalqaro konferensiyasi Dasturiy qoʻmitasining a’zosi hamdir.



Mukofotlari




Manbalar




Havolalar





 (недоступная ссылка)


















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz