Aleksandr Korovin





Aleksandr Sergeyevich Korovin (ruscha: Александр Сергеевич Коровин; 1994-yil 15-fevral Sverdlovskaya, Rossiya) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Alisa Yefimova bilan birgalikda Universiada chempioni (2019), Rossiya kubogi finali (2018) va AQSh Gran-pri turniring kumush medali sohibi (2018) boʻlgan.


Aleksandr Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi. 2020-yil mart oyi Korovin va Yefimova sport juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida oʻn oltinchi oʻrinni egallagan.



Faoliyati



2015-yil fevral oyida juftlik Saranskda boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida atigi yettinchi oʻrinni egallashgan. Biroq, magʻlubiyatga qaramay juftlik mashq qilishda davom etgan va dekabr oyida ular Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, ular Vena shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro Seibt Memorial turniriga yuborildilar va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladilar.


Juftlik Olimpiya oʻyinlaridan oldingi yangi mavsumni kutilmaganda boshladilar, ular Moskvada boʻlib oʻtgan Rostelekom kubogida oxirgi oʻrinni egalladilar, ammo oldingi barcha sport natijalarini yaxshiladilar. Koʻp oʻtmay, ular Estoniyada oʻtkazilagan Tallin Trophy musobaqasida qatnashishdi va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladi. Dekabr oyining oxirida juftlik Chelyabinskda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida ishtirok etishdi va u yerda sakkizinchi oʻrinni egallab, Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan XXVIII qishki Universiada uchun Rossiya terma jamoasiga kiritildi. Fevral oyida sportchilar Rossiya kubogi finalida ishtirok etib, oʻtgan yilgidek ikkinchi oʻrinni egallashdi.


Sentyabr oyida rossiyalik juftlik Bergamoda boʻlib oʻtgan Olimpiya mavsumini boshladilar va Lombardiya kubogida kuchli beshlikka kirdi. Bir hafta oʻtgach, juftlik Bratislavada oʻtkazilgan Memorial of Ondrej Nepela turnirini bronza medallari bilan yakunladi. Shu bilan birga, ular umumiy va erkin dasturda oldingi yutuqlarini yaxshilashdi. Noyabr oyi oxirida Tallin shahrida boʻlib oʻtgan shahar turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egalladi va shu bilan birga qisqa dastur boʻyicha oldingi yutuqlarini yaxshiladi. Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Korovin va Yefimova juftligi kuchli oʻntalikka kirdi. 2018-yil fevral oyining oxirida juftlik Rossiya kubogi finalida gʻolib boʻlishdi.






Natijalari



(Aleksandra Minina bilan)




(Alisa Yefimova bilan)




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz