Aleksandr Kamishin





Oleksandr Mikolayovich Kamishin (ukraincha: Олександр Миколайович Камишін; 1984-yil 2-iyulda tugʻilgan) – ukrainalik siyosatchi, 2023-yil 21-martdan beri Strategik sanoat vaziri . U 2021-yil avgustidan 2023-yilning oxirigacha „Ukraina temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining bosh direktori boʻlgan.



Biografiyasi



Oleksandr Kamishin 1984-yil 2-iyulda, Sovet Ittifoqining Kiyev shahrida tugʻilgan. 2001—2007-yillarda Igor Sikorskiy nomidagi Kiyev politexnika institutida moliya fakultetida tahsil olgan. 2006-yilda u oʻzining professional faoliyatini KPMG da auditor sifatida boshlagan. 2008-yilda kompaniyani tark etdi. 2008-yildan 2012-yilgacha u Kiyev mototsikl zavodining bosh direktori, shuningdek Dragon Capital investitsiya boshqaruv kompaniyasida ishlagan. 2012-yilda Kamishin SCM Holdings kompaniyasida investitsiya menejeri boʻldi.


Kamishin 2019-yilda SCMni tark etdi. 2020-yil yanvar oyida Kamishin Fortior Capital kompaniyasining boshqaruvchi hamkoriga aylandi.


2021-yil 11-avgustda Kamishin Ukraina temir yoʻllari davlat kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Oʻsha paytda u Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning maslahatchisi boʻlgan. Kamishin 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Ukraina poyezdlarini ishlashini taʼminlagani uchun butun dunyoga mashxur boʻldi. Kamishin 2023-yil fevral oyi oxirida bosh direktor lavozimidan isteʼfoga chiqdi va Ukraina temir yoʻllari Yevropa integratsiyasi boʻlimi rahbari boʻldi. 2023-yil 3-martda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi.


2023-yil 20-mart kuni Ukraina parlamenti Bosh vazir Denis Shmixalning Kamishinni strategik sanoat vaziri etib tayinlash haqidagi taqdimnomalarini qabul qildi. Kamishin 2023-yil 21-martda ushbu lavozimga tayinlandi.


Kamishin oilali va ikki oʻgʻli bor.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz