Aleksandr Ivanovich Nikolayev




Aleksandr Ivanovich Nikolayev (1922.22.11, Ryazan viloyati — 1994.26.11 — Toshkent) — immunolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1979). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1964). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1949), shu institut biokimyo kafedrasida katta laborant (1949—50), Harbiy akademiyaning maxsus kursi oʻquvchisi (1950—52), Toshkent tibbiyot akademiyasi, soʻngra farmatsevtika institutida oʻqituvchi (1952—58), Oʻzbekiston onkologiya va radiologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari (1958—68), Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1968—75), 1975-yildan Oʻrta Osiyo (hozirgi Toshkent) pediatriya tibbiyot instituti biokimyo kafed-rasi mudiri. Ilmiy ishlari umumiy immunologiya, autoimmunopatologiya va biokimyo masalalariga oid.



Manbalar
















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz