Aleksandr Ivankov





Aleksandr Dmitrievich Ivankov (1949-yil 17-oktabr — 2004-yil 6-iyun) — Toshkentning „Paxtakor“ klubi himoyachisi va murabbiyi.


SSSR sport ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1986).




Karyerasi



Futbolchilik faoliyati



Ivankov bolaligida suvga shoʻngʻishni yaxshi koʻrardi, biroq keyinchalik futbolni tanladi. Ivankovning birinchi murabbiyi Vadim Tereshchenko boʻlgan. Ivankov harbiy xizmatni Budapeshtda oʻtagan. U yerda Ivankovning istedodini Vsevolod Bobrov payqab qoladi va yosh futbolchini „Paxtakor“ jamoasiga yozilishini tavsiya qiladi. Boshida u hujum chizigʻida oʻynadi, ammo klubning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Mixail Yakushin uni himoyaga oʻtkazadi.


Ivankov Toshkent klubida 8 yil toʻp surdi. Jamoadagi faoliyati davomida u SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi. Himoyachi „Paxtakor“ni tark etgach, O‘zbekistonning „Shahrixon“, „Xorazm“ va „Narimanovets“ klublarida oʻynadi.



Murabbiylik faoliyati



Aleksandr Ivankov murabbiylik faoliyatini „Narimanovets“ klubida boshlagan. Ayni shu klubda u futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. 1986-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Unda Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan. Ushbu muvaffaqiyati uchun murabbiyga Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni berilgan. 1986-1987 yillarda Ivankovning ustozi Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiyi boʻlgan.


SSSR parchalanganidan keyin ham murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 1994-yili „Nurafshon“ jamoasini mamlakat vitse chempioniga aylantirdi. 1995-yilda Ivankov Oʻzbekiston terma jamoasini ikkita oʻyinda boshqargan. Oʻsh yili Afrika-Osiyo Millatlar Kubogida Ivankov boshchiligidagi jamoa Nigeriya termasiga munosib qarshilik koʻrsatgan.


1996-yilning iyun oyidan „Paxtakor“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan. Uning qoʻl ostida jamoa 1997-yilda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda yana „Paxtakor“ga murabbiy etib tayinlangan, biroq bu safar atigi olti oy jamoani boshqargan.


2004-yil 6-iyunda vafot etgan. Toshkentdagi 1-qabristonning Kommunistik uchastkasiga (2-xarita) dafn etilgan.


Ivankovning farzandi Denis (1972-yilda tugʻilgan) ham futbolchi edi. U Oʻzbekistonning bir qator klublarida, jumladan, „Paxtakor“da ham darvozabon sifatida oʻynagan.



Yutuqlari




Manbalar




Havolalar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz