Aleksandr Ioffe





Aleksandr Isaakovich Ioffe (1917-yil 16-aprelda Turkistonning Qoʻqon shahrida tugʻilgan — 1984-yil 5-aprelda Ulyanovsk shahrida vafot etgan) — sovet konstruktori va loyiha ustasi, 1966-1971-yillarda Ulyanovsk mexanika zavodining (SE „UMZ“) birinchi direktori, SSSR Davlat mukofoti, medal va ordenlar laureati sohibi hisoblanadi.




Biografiya



1937-yilda Chelyabinsk shahridagi traktor texnikumini, 1945-yilda esa Gorkiy nomidagi sanoat institutida oʻqishni tugatgan. 1939—1947-yillarda Gorkiy avtomobil zavodida katta konstruktor boʻlib ishlagan.


1947—1951-yillarda Riga shahridagi avtoelektropribor zavodining bosh konstruktori sifatida faoliyat olib borgan.


Asosiy ish faoliyati Ulyanovsk shahrida, sanoat zonasida oʻtdi. 1951—1966-yillarda Ulyanovsk avtomobil zavodida sektor mudiri, ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi, sifat nazorati boʻlimi boshligʻi, bosh muhandis vazifalarida faoliyat yuritgan.


1966—1971-yillarda esa Ulyanovsk mexanika zavodining birinchi direktori vazifasida ishladi. Uning rahbarligi davrida 14 ta ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatildi.


1984-yil 4-mayda uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi. U Ulyanovskdagi shimoliy qabristoniga dafn etilgan.



Mukofotlar



1967-yilda SSSR Davlat mukofoti laureati. Ikki bor Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1966, 1971), va medallar bilan taqdirlangan.



Adabiyotlar




Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz