Aleksandr Iashvili





Alexandr Iashvili (talaffuzi: Aleksandr Iashvili; 1977-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) — gruziyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.




Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Tbilisida tugʻilgan Iashvili faoliyatini 1993-yilda Tbilisining „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1994—1995-yilgi mavsumda 24 o‘yinda 24 gol va kelasi mavsumda 25 o‘yinda 26 gol urgan hujumchiga xorijiy klublar qiziqishini bildirgan. 



SC Freiburg



1996—1997-yilgi mavsum uchun SC Freiburg bilan shartnoma imzoladi. Oʻsha mavsumda klub Bundesligaga koʻtarildi. 2005—2006-yilgi mavsumda jamoa sardori boʻldi. 2007-yilning aprelida Freiburg bilan shartnomasini yangilamaslikni, balki boshqa nemis klubiga ketish niyatini bildirdi. „Freiburg“dagi oʻn yillik faoliyati davomida ligada 255 ta oʻyinda maydonga tushib, 51 ta gol urdi.



Karlsruher SC



Iashvili 2007-yilning yozida Karlsruher SC jamoasiga qoʻshildi. 2009-yilda Iashvili shartnomani 2013-yilgacha uzaytirishga rozi boʻldi. 2012-yilda klubdan ketdi.



Keyingi yillar



2012-yilda Iashvili 2. Bundesliga vakili VfL Bochumga qoʻshildi.


Iashvili 2013—2014-yilgi mavsumini Ozarbayjon Premyer-ligasining „Inter“ jamoasida o‘tkazgan


2014—2015-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida oʻz mamlakatining „Samtredia“ klubida oʻynagan.


2015-yilning iyul oyida sobiq jamoasi — Tbilisining „Dinamo“siga qoʻshildi.



Xalqaro faoliyat



67 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan Iashvili Gruziya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar orasida beshinchi oʻrinni egallab turibdi. Gruziya bilan 1998-yilda Malta xalqaro futbol turnirida gʻolib chiqqan.



Faoliyat statistikasi



Klub





Xalqaro




Yutuqlari



Dinamo Tbilisi




SC Freiburg




Individual




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz