Aleksandr Grotengelm





Aleksandr Aleksandrovich Grotengelm (nemischa: Alexander Eduard Magnus von Grotenhjelm; 1831-yil 5-iyun – 1899-yil 5-iyul) – rus general-leytenanti, Sevastopol mudofaasi qahramoni, Ochakov komendanti.




Biografiyasi



Estoniya zodagonlaridan. Polkovnik Aleksandr Maksimovich Grotengelm (1790—?) va Sharlotta Vilgelmina (1797—1872) ning oʻgʻli. General-leytenant M. M. Grotengelmning jiyani.


1842-yil 19-oktyabrdan dengizchilar kadet korpusida tahsil olgan. 1846-yil 25-avgustda michman lavozimiga tayinlangan. 1848-yil 13-iyunda Qora dengiz flotiga michman sifatida xizmatga yuborilgan, „Vladimir“ bugʻli fregati va „Dvenadsat apostolov“ kemasida xizmat qilgan. 1850-yil 1-noyabrda nafaqaga chiqqan. 1852-yilda Vladimir piyodalar polkida praporshik sifatida qayta faoliyat boshlagan va 1854-yil 17-martda ikkinchi leytenant unvoniga sazovor boʻlgan.


Qrim urushi paytida Alma jangida qatnashib, bu yerda boshidan yaralangan. Balaklava va Inkerman yaqinida, 1855-yil 25-martdan 27-avgustgacha Sevastopol garnizonida boʻlgan va bu yerda bir necha joyidan yaralangan. Oʻsha yil 26-aprelda oʻng parietal suyagidan yaralangan, 27-aprelda chap tizzasidan kontuziyalangan, 27-avgustda shaharga hujum paytida – oksipital suyagiga miltiq oʻqi tekkan.. Xizmatlari uchun leytenant va shtab kapitanligi umvonlarini olgan.


Urushdan keyin harbiy xizmatni davom ettirgan. 1872-yil 6-fevralda podpolkovnik Grotengelm Xiva yurishida qatnashuvchi 2-Orenburg saf batalyonining komandiri etib tayinlangan. 1877—1887-yillarda Amudaryo boʻlimi boshligʻi boʻlgan, 1882-yil 30-avgustda esa unga general-mayor unvoni berilgan.


1887—1890-yillarda 8-piyoda diviziyasining 1-brigadasi qoʻmondoni boʻlgan, eng oliy mukofot bilan taqdirlangan. 1890-yil 22-avgustda Ochakov qal’asining komendanti etib tayinlangan va 1893-yil 30-avgustda general-leytenant unvoniga sazovor boʻlgan. 1894-yilda nafaqaga chiqadi. Keyinchalik Riga yaqinidagi Depkinshoffga[lv] joylashib, bu yerda 1899-yil 23-iyundan 24-iyunga oʻtar kechasi tomoq saratonidan vafot etadi. Katlakalnsdagi cherkov qabristoniga dafn qilingan.




Oilasi



Garlib Merkelning nabirasi Amaliya Lemann (1843—1911) bilan turmush qurgan. Ularning nikohidan 2 farzand, shu jumladan oʻgʻli Aleksandr Aleksandrovich (1870-?) dunyoga kelgan.



Manbalar




Adabiyotlar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz