Aleksandr Grishenko





Aleksandr Igorevich Grishenko (1983-yil 29-sentyabr, Toshkent) – rus filologi, yozuvchisi va shoiri.


Grishenko 2000-yildan beri Moskvada yashaydi. 2005-yilda Moskva davlat universitetining filologiya fakultetini, 2008-yilda esa rus tili fakultetining aspiranturasini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi (2009, dissertatsiya mavzusi „Idiostil Nikolaya Morshena“). Filologiya fanlari doktori (2021, Oliy Iqtisodiyot maktabi, dissertatsiya mavzusi – „Oʻrta asr Sharqiy Yevropada slavyan-yahudiy tillari aloqalari: lingvo-tekstologik jihatlar“).


Aleksandr MPGU (2006-yildan, 2011-yildan dotsent) va PSTGU (2010-yildan)da dars beradi. 2015-yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Slavyanshunoslik institutida katta ilmiy xodim boʻlib faoliyat olib bormoqda.


Uning ijod namunalari „Oktyabr“, „Sharq yulduzi“ jurnallarida, „Devushka s veslom“ CD-jurnalida, „Maliy Sholkoviy put“, „Vstrechi“ almanaxlarida, „Vershina aysberga“ va boshqa toʻplamlarda nashr etilgan.


Aleksandr Grishenko „Vspyat“ hikoyasi uchun „Krupnaya proza“ nominatsiyasida „Debyut“ mustaqil adabiy mukofoti (2004) laureati boʻldi. U „Pervaya kaplya“ sheʼrlar kitobi muallifi (2000).



Manbalar








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz