Aleksandr Gridyushko





Aleksandr Stanislavovich Gridyushko (ruscha: Александр Станиславович Гридюшко; 1961-yil 28-yanvar, Vitebsk, Belorussiya SSR, SSSR — 1998-yil 13-noyabr, Rechitsa, Belarus) — sovet va belarus futbolchisi, hujumchi.




Futbolchilik faoliyati



Aleksandr Belarusning Vitebsk shahrida tugʻilgan. Vitebsk „Qizil bayroq“ yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchis va uning birinchi murabbiyi Alim Matviyovich Xirshin boʻlgan. U oʻz faoliyatini 1979-yilda mahalliy „Dvina“ jamoasida boshlagan va klubi bilan deyarli uch mavsum toʻp surgan. 1981-yil oxirida Sobiq Ittifoqning eng kuchli jamolaridan biri Moskvaning „Spartak“ jamoasi safiga oʻtdi. Jamoada kuchgli raqobat tufayli oʻrinbosarlar jamoasi safida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U keyingi mavsumni Leningradning „Zenit“ jamoasida boshladi. Birinchi davrada „Spartak-M“ga qarshi birinchi bo‘limni o‘tkazdi. Ikkinchi davrada Moskva „Dinamo“siga qarshi o‘yinda ham tanaffusdan so‘ng almashtirildi. Zenit jamoasi safida ham asosiy tarkibdagi kuchli raqobat tufayli u „Gomselmash“ jamoasiga mavsumning ikkinchi yarmini oʻtdi. Keyingi mavsumda yana „Zenit“da ish boshladi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Dvinaga qaytdi va 1985-yilda Vityaz jamoasida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Gridyushko 1987-yilgi mavsumning birinchi yarmini SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston klubi, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazdi. Paxtakor jamoasi safida uzoq toʻp surmadi. Mavsumning ikkinchi yarmida „Kolxeti“ jamoasi safiga oʻtdi. 1987—1988-yillarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilda KIM nomli birinchi jamoasi safiga oʻtdi.


1989-yilni Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻtkazdi. Lochinlar safida ancha sermahsul oʻyin nomyish etdi va3 8 oʻyinda 10 ta gol muallifiga aylandi. 1990-yilda yana KIMga qaytdi — ikki yil ichida 68 oʻyin oʻtkazdi, 27 gol urdi, 1992-yilgi mavsumni ikkinchi jamoada oʻtkazdi. 1993-yilda Gridyushko Finlandiyada „Pallo-Kero 37“ va RoPS Rovaniemi klublarida oʻynadi. 1994—1995-yillarda Ukrainaning „Zarya-MALS“ klubi tarkibida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi. U yerda oʻzining reaksiyasi, bosh bilan zarbasi, ajoyib oʻyinlari bilan yodda qoldi. Keyingi ikki mavsumda Rossiyaning ikkinchi ligasida Novotroitskning „Nosta“ va Borovskning „Industriya“ klublarida oʻynadi. 1997-yilda Belarusga qaytib keldi. „Lida“da 1,5 mavsumni, qolganini „Vedrich-97“da oʻtkazdi. 1998-yil 13-noyabrda vafot etdi.



Yutuqlar




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz