Aleksandr Geynrix
Aleksandr Rudolfovich Geynrix (1984-yil 6-oktyabrda tugʻilgan, Angren, Toshkent viloyati) — Asli nemis oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. 2018-yildan Qozogʻistonning „Aktobe“ klubini boshqarib kelmoqda. Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston chempioni. U 2002-2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan (108 o‘yin va 36 gol).
Futbolchilik faoliyati
Professional faoliyatini 2001-yilda Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida boshlagan. 2002-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif etilgan boʻlib, 23 oʻyinda 9 ta gol urdi va 18 yoshida Oʻzbekiston chempioni boʻldi, shuningdek, 2001/02-yilgi Oʻzbekiston Kubogida gʻolib chiqdi.
2003-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Moskvaning SSKA klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi, 2003-yilda Rossiya chempioni boʻldi, garchi u atigi ikkita oʻyin oʻtkazgan boʻlsa-da, kumush medal sovrindori „Zenit“ darvozasiga gol urdi. Shuningdek, u Premer-liga kubogi, Rossiya kubogi va Rossiya Superkubogi bahslarida ishtirok etgan. Ammo 2003-yilgi Superkubok Moskvaning „Lokomotiv“iga penaltilar seriyasida yutqazilgan edi.
Keyinroq yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga ijara asosida yoʻl oldi va 2005-yilda u bilan yana Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 2006-yilgi mavsumni Moskvada „Torpedo“da oʻynagan.
2007-yilda vataniga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida besh mavsum toʻp surdi. U klubi bilan uchinchi marta mamlakat chempioni, 2007 va 2009-yillarda yana ikkitadan Oʻzbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2011-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidan soʻng 2011-yilning 26-fevralida Toshkentning „Paxtakor“ klubi Geynrix Janubiy Koreyaning K-Ligadagi „Suvon Blyuvings“ klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida o‘tganini eʼlon qildi. U Suvon uchun K-ligadagi debyutida, 2011-yil 6-mart kuni „Seul“ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda gol urdi. Aleksandr Suvon tarkibidagi debyut oʻynini 2011-yil 6-mart kuni K-League vakili FC Seoulga qarshi oʻtkazdi va 2012-yil boshida u Amirliklarning „Emirates“ klubida oʻynadi.
2012-yil 14-iyunda Aktobe Geynrix bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Geynrix ikki kundan soʻng „Aktobe“ning „Sunkar“ga qarshi oʻyinida (2:1) debyut qildi. „Aktobe“ bilan ikki yildan soʻng Geynrixning shartnomasi 2014-yilning 11-iyunida bekor qilindi. Mavsumning ikkinchi qismida Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻtkazdi.
2015-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubini tark etib, Geynrix oʻsha yilning fevral oyida „Ordabasi“ klubi bilan shartnoma imzolab, Qozog‘iston Premer-ligasiga qaytdi.
2012-yilning yozida u qozogʻistonlik „Aktobe“ lageriga koʻchib oʻtdi. Uch mavsumda u 52 oʻyin oʻtkazdi, 15 gol urdi va toʻliq medallar toʻplamini toʻpladi, 2014-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Yevropa ligasining 2013/14-yilgi mavsumida Kiyevning „Dinamo“siga qarshi o‘yinda u har bir o‘yinda bittadan gol urdi. Ammo 2014-yilning iyun oyida klub futbolchi bilan shartnomani bir tomonlama bekor qildi. Balki bunga Geynrix klubning eng koʻp maosh oluvchi legionerlari uchligidan joy olgani (yiliga 800 000 evro) va „Aktobe“ning endi bunday xarajatlarga klub budjeti toʻgʻri kelmagani sabab boʻlgandir.
2015-yilning fevralida Geynrix Qozogʻistonning boshqa bir klubi „Ordabasi“ bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilgi mavsumda Geynrix bilan klub oʻz tarixida birinchi marta chempionat bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Lekin noyabr oyida oʻzbekistonlik futbolchi jamoani tark etdi. Ammo yakunda uning ortidan murabbiy bo‘lish taklifi tushdi. 2018-yilning 15-mart kuni o‘zbekistonlik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Geynrix futboldagi faoliyatini yakunlab, Qozog‘istonning „Aktobe“ klubi murabbiy-seleksioneriga aylandi.
Terma jamoada
U 17 yoshu 7 oy 8 kunligida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyut qildi va jamoa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U 2002-yildan 2017-yilgacha terma jamoada oʻynagan. U terma jamoa tarixida Maksim Shatskixdan (34 gol) keyin ikkinchi toʻpurar (32 gol) hisoblanadi. Shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha (98 oʻyin) kuchli beshlikka kirdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2017-yil 5-noyabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[21]
Milliy terma jamoa
2017-yil 5-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika
Milliy terma jamoa uchun gollar
Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
Yutuqlar
Klublar
Paxtakor
CSKA
Suvon Blyuvings
Aktobe
Ordabasi
Xalqaro Shaxsiy
Shaxsiy hayot
Millati nemis. Uylangan. 2011-yil Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo kubogi vaqtida Aleksandr Geynrix oilasida qiz tugʻildi.
Adabiyot
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org