Aleksandr Frank
Aleksandr Aleksandrovich Frank (nemischa: Alexander Frank; 1982-yil 23-sentyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — tojikistonlik-germaniyalik futbolchi, markaziy yarim himoyachi va himoyachi. Tojikiston kubogi chempioni va sovrindori, OFK prezidenti kubogi sohibi.
Faoliyati
Aleksandr Frank bolaligida Avstriyaga, keyin esa otasi bilan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. U „Sankt-Pauli“ klubi maktabida tahsil olgan. 15 yoshida „Sherif Tiraspol“ jamoasiga o‘tgan. Biroq asosiy tarkibda o‘ynamagan.
1999-yilda Frank Avstriyaning „Admira Vakker Mödling“ jamoasiga oʻtdi. Keyingi mavsumda Avstriyaning boshqa bir klubi — „Vurmla“ safidada harakat qildi. 2001-yildan Germaniyaning mahalliy darajadagi klublarida oʻynadi. Ulardan eng mashhuri „Rot-Vays“ (Erfurt) klubi hisoblanadi. Frank Shlezvig-Golshteynning „Vorverk“ klubi safida okrug chempionatida oʻynagan.
2000-yillarning oʻrtalarida Aleksandr Frank Tojikistonga koʻchib oʻtdi. Milliy chempionatning oʻrtamiyona klublari — Dushanbening „SSKA-Pomir“ va „Energetik“ jamoalarida oʻynadi. 2010-yilning yozida „Istiqlol“ klubiga ko‘chib o‘tdi. O‘sha mavsumda Tojikiston chempionati va kubogi sohibiga aylandi. Frank keyingi mavsumni Oʻzbekistonning „Qizilqum“ klubida oʻtkazdi. 2011-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan (oʻyinlarning 6 tasini asosiy tarkibda boshlagan), raqiblar darvozasiga toʻp kiritmagan, 2 ta sariq kartochka olgan. 2012-yilda „Istiqlol“ga qaytdi va OFK Prezidenti kubogi sohibiga aylandi. Shu yillar davomida Tojikiston chempionatidagi tanaffuslarda Frank Germaniyaning havaskor klublarida o‘ynadi.
2013-yilda „Istiqlol“ bilan shartnomasi yakunlangach, professional faoliyatini yakunladi.
Yutuqlari
Oilasi
Turmush qurgan. Oʻgʻli Ruslan (2007-yilda tugʻilgan).
Otasi — 1980-yillarda „SSKA Pomir“ klubi tarkibida harakat qilgan futbolchi Aleksandr Azimov (1961-yilda tugʻilgan).
Manbalar
uz.wikipedia.org