Aleksandr Farmanov
Aleksandr Kasimovich Farmanov (15.6.1958, Bekobod) — Oʻzbek davlat arbobi.
Biografiya
1980-yilda Jambul irrigatsiya va melioratsiya-qurilish institutini fuqarolik muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
1980-1981-yillarda usta, keyin Aktyubinskdagi „Vodokanal“ korxonasi bo'lim mudiri boʻlib ishlagan.
1981-1985-yillarda avval Bekobod sement zavodining taʼmirlash va qurilish, soʻngra quvur va shifer sexlariga rahbarlik qildi.
1985-1995-yillar (1992-1993-yillarda qisqa tanaffus bilan) Bekobod sement zavodi direktori.
1995-yil maydan 2008-yil iyulgacha "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi" bosh direktori.
2008-yil 23-iyuldan boshlab „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ OAJ Bosh direktori.
Birinchi chaqiriq Senat aʼzosi (2005-2010).
Svetlana Farmanova bilan turmush qurgan va Yuliya, Alena va Aleksandra ismli qizlari bor.
Mukofotlar, sovrinlar va unvonlar
Manbalar
uz.wikipedia.org