Aleksandr Domashev





Aleksandr Ivanovich Domashev (1958-yil 4-noyabr Andijon Oʻzbekiston SSRda tavallud topgan) — sovet chim ustida xokkeychisi, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.




Faoliyati



Aleksandr 1954-yil 4-noyabrda Oʻzbekiston SSRning Andijon viloyatida tavallud topgan. Sportning chim ustida hokkey turi bilan shugʻillangan. Professional faoliyatini Moskva jamoalarida boshlagan. Domashev faoliyatini Moskvaning „Spartak“ va „Fili“ klublari sharafini himoya qilgan.


Aleksandr shuningdek SSSR Va MDH terma jamoalar safida bir qator musoboqalarida ishtirok etgan. 1988-yil Janubiy Koreyaning Seul shahrida oʻtkazilgan Olimpiada musoboqalarida Aleksandr SSSR terma jamoasi tarkibida musoboqada ishtirok etdi. Turnirda GFR va Buyuk Britaniyadan magʻlubiyatga uchragan SSR terma jamoasi, Kanada terma jamoasi bilan durang batija qayd etdi va Hindiston va Janubiy Koreya terma jamoalarini magʻlub etib 7-oʻrin uchun oʻyinda qatnashish imkoniyaini qoʻlga kiritdi. Argentina bilan oʻyinda gʻalaba qozongan jamoa yakunda 7-oʻrinni egalladi. 1992-yilgi Ispaniyaning Barselona shahrida oʻtkazilgan Olimpiada musoboqalarida esa Domashev Sobiq Sovet davlatini oʻrniga tashkil etilgan terma jamoa Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi terma jamoasi oʻyinchisi sifatida ishtirok etdi va yakunda 10-oʻrinni egalladi.



Murabbiylik faoliyati



Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, u „Moskva Builder“ jamoasida va „Izmailovo CSP“ jamoalarida murabbiy va jamoa boshligʻi sifatida ishlagan. Hozirda Domashev Rossiya erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz