Aleksandr Denisov (aktyor)
Aleksandr Petrovich Denisov ( 1944-yil 5-may Borskoye (Kuybishev viloyati) - 2012-yil 3-mart Nyu-York ) — sovet teatr va kino aktyori. Belorussiya SSRda xizmat ko'rsatgan artist. SSSR Davlat mukofoti laureati (1985).
Hayoti va faoliyati
1944-yil 5-mayda Borskoe qishlog'ida tug'ilgan. Erta yetim qolgan. Yoshligidan u sahnalarda o`zini ko`rsata boshladi. 1968-yilda Belarus teatr va rassomlik institutini tamomlagan. O'qishi mobaynida u modellar uyida kiyim-kechak namoyishchisi sifatida yarim kun ishlagan.
1967-yildan Yanka Kupala nomidagi Belarus akademik teatrining aktyori bo`lgan.
Aleksandr Denisovning rafiqasi Olga Klebanovich M.Gorkiy nomidagi Milliy akademik drama teatrining yetakchi aktrisasi edi.
Aleksandr Denisov 1980-yillarning boshlarida "Государственная граница" serialidagi Ivan Trofimovich Gamayun rolidan keyin mashhur bo'lib ketdi.
1990-yilda u kasal qizi Dariyani davolash uchun AQShga jo'nab ketadi, chunki o'sha paytda u kamdan-kam uchraydigan bu kasallikni faqat AQShda davolashardi.
U AQShda yuk ko'taruvchi bo'lib ishlagan. Ba'zan u filmlarda rol o'ynagan (2000-yil "ПМЖ", 2008-yil "На спине чёрного кота").
U 2012-yil 3-martda Nyu-Yorkda vafot etdi. Belarusiyada dafn etilgan.
Mukofotlari va unvonlari
Yaratilish
Filmografiya
Manbalar
uz.wikipedia.org