Aleksandr Demidov
Aleksandr Leonidovich (Isroil) Demidov (ivritcha: ישראל (סשה) דמידוב; 1957-yil 7-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va Isroil teatr hamda kino aktyori. 1996-yilda Klyachkin nomidagi eng yaxshi Isroil aktyori va Teatr akademiyasi mukofoti laureati.
Biografiyasi
Demidov Aleksandr Leonidovich 1957-yil 8-aprelda Toshkentda tugʻilgan. 1990-yilda vataniga (repatriatsiya qilingan)qaytarilgan va Tel-Aviv shahrida yashagan.
Aleksandr 1974-yilda 44-maktabni, 1980-yilda esa Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Qurilish fakultetini qurilish-muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Demidov 1980-1982-yillarda Sovet Armiyasida, Kemerovo viloyati Belovo shahridagi qurilish batalonida xizmat qilgan. O‘zbekistonga qaytgach usta bo‘lib ishlagan va Toshkent teatr studiyasida o‘zini sinab ko‘rgan.
Aleksandr Leonidovich 1985-yilda Moskvaga jo‘nab ketgan va Andrey Goncharov va Mark Zaxarov kursida Rossiya teatr sanʼati instituti — GITISga o‘qishga kirgan. GITISni tugatgandan so‘ng, Mayakovskiy teatriga qabul qilingan va 1990-yilda rafiqasi Svetlana va Yevgeniy Arye boshchiligidagi bir guruh aktyorlar bilan birga Isroil davlatiga jo‘nab ketgan.
Demidov 1990-yildan ,,Gesher" teatrida sahnaga chiqa boshlagan.
Spektakllardagi rollari
Kino va televideniedagi rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org