Aleksandr Butkov





Aleksandr Yakovlevich Butkov (1911-yil 25-mart, Gorchakova stansiyasi, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1981-yil 2-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — sovet botanika olimi, sistematik va geobotanik, Oʻzbekiston oʻsimliklari va florasi boʻyicha mutaxassis. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ (ruscha: Флоры Узбекистана) monografiyasi mualliflaridan biri.



Tarjimayi holi



Aleksandr Butkov 1911-yil 25-mart kuni Gorchakova (hozirgi Margʻilon) stansiyasi temiryoʻl ishchisi oilasida tavallud topgan. 1934-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti fizik-matematika fakultetining biologiya boʻlimini tugatadi. Talabalik davridanoq Botanika bogʻida dori tayyorlovchi, soʻngra kichik ilmiy xodim, assistent boʻlib faoliyat koʻrsata boshlaydi. 1934-yili Butkov Xoʻja Gʻur-Gʻur ota gʻoriga qilingan ekspeditsiyada ishtirok etib, ushbu hududning birinchi botanik tavsifini tuzib chiqadi. 1944-yildan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universitetining Botanika bogʻiga rahbarlik qila boshlaydi. 1946-yilda zarpechak oʻsimlik turkumi boʻyicha dissertatsiyani yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy unvonini oladi. 1949-yildan Oʻrta Osiyo davlat universitetida katta oʻqituvchi, soʻngra darvinizm kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan. 1952-yilda Oʻzbekiston SSR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasini boshqara boshlaydi. Olim yong‘oqli-mevali o‘rmonlarning hosildorligini o‘g‘itlar yordamida oshirish g‘oyasini ilgari surib, ularni ekologik va fitotsenologik jihatdan o‘rganish bilan shug‘ullangan. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ (ruscha: Флоры Узбекистана) monografiyasi yozilishida ishtirok etgan. Adonis oʻsimligi boʻyicha monografik tadqiqot olib borgan. Oʻzbekistonning manzarali oʻsimliklari haqida kitob yozgan. 1981-yil 2-iyul kuni Toshkent shahrida 56 yoshida vafot etgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz