Aleksandr Borisovich





Aleksandr Borisovich Stefanovich (13-dekabr 1944-yil, Leningrad – 13-iyul 2021-yil Moskva) – sovet va rus kinorejissyori, yozuvchi, ssenariy muallifi, aktyor, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2003-yil).




Tarjimai holi



Aleksandr Borisovich 1944-yil 13-dekabrdaLeningradda tavallud topgan. 1969-yilda VGIK rejissyorlik boʻlimini (Lev Kuleshov ustaxonasi) tamomlagan. Talabalik chog‘ida „Vse moi sinovya“ nomli hujjatli filmi, mahalliy televideniyedagi birinchi intervyu filmi, Butunittifoq telekinofestivalining Bosh mukofoti va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan. U musiqali film janrida ham faoliyat yuritgan. „Dusha“ (58 million tomoshabin), „Nachni snachala“ (46 million tomoshabin), „Disk“, „Bardi“, „Osenniy bluz“, „Kuraj“ kabi musiqiy filmlarni yaratdi. Stefanovich Andrey Makarevich va „Mashina vremeni“ rok guruhini, Sofiya Rotaru, Aleksandr Rozenbaum, Sergey Migitsko, Albert Filozov va bastakor David Tuxmanovlarni katta kinoga olib keldi. 1974-yilda u „Dorogoy malchik“ nomli birinchi mahalliy kinostudiyani boshqargan, shuningdek, SSSRda birinchi musiqiy kliplarni suratga olgan. Aleksandr Borisovich Alla Pugacheva va boshqa bir qator estrada ijrochilarining sahna obrazini yaratgan. Rossiya badiiy akademiyasining faxriy akademigi. U Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasi Moskva boʻlimi vitse-prezidenti, Rossiya Kinematograflar uyushmasi Moskva tashkilotining kotibi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Rossiya Yozuvchilar uyushmasi, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi, Parij rus yozuvchilari va rassomlari uyushmasi, AGESSA Fransiya Yozuvchilar jamiyati aʼzosi boʻlgan.


Milliy madaniyatga qoʻshgan hissasi uchun Rossiya Badiiy akademiyasining oltin medali, YuNESKO jamgʻarmasining oltin ordeni, Rossiya Rassomlar ijodiy uyushmasining oltin medali, Rossiya Jurnalistlar uyushmasining mukofoti bilan taqdirlangan. Mahalliy va xalqaro kinofestivallar laureati. 2021-yil 13-iyulda Moskvada COVID-19 kasalligidan oʻpkasi shikastlangani sababli Baxrushin kasalxonasida jonlantirish boʻlimida 77 yoshida koronavirus tufayli vafot etdi. Vidolashuv marosimi 2021-yil 16-iyul kuni Moskvada Markaziy kino uyida boʻlgan. U Troekurovskiy qabristoniga dafn qilindi.



Oilasi



Stefanovich ikki marta rasmiy turmush qurgan:




Filmografiyasi








Mukofotlari




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz