Aleksandr Bolian





Aleksandr Bolian (turkmancha: Aleksandr Boliýan; 1989-yil 27-iyul, Krasnovodsk, Turkmaniston SSR, SSSR) — asli armanistonlik turkman futbolchisi, Bolqon klubi va Turkmaniston terma jamoasi hujumchisi.




Jamoalardagi faoliyati



Krasnovodskda tugʻilgan. 2005-yilda Turkmanboshi shahridagi 14-maktabni tamomlagan. 20980-sonli harbiy qismda xizmat qilgan. „Shagadam“, „Nebitchi“ futbol klublarida oʻynagan. 2012-yilgi mavsumda eng yaxshi toʻpurarga aylandi.


2015-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolab, Oʻzbekiston chempionatiga yoʻl oldi. 14-mart kuni Oʻzbekiston chempionatida „Qoʻqon 1912“ga qarshi oʻyinda debyut qildi.


2015-yilning yozida Turkmaniston chempionatiga, Bolqon jamoasiga qaytdi.



Terma jamoa faoliyati



Bolian terma jamoadagi debyutini 2011-yilning 23-iyulida JCh-2014 saralashida Indoneziyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.


U Turkmaniston olimpiya terma jamoasi safida 2010-yil Guanchjouda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarining Osiyo saralash bosqichida ishtirok etgan.



Yutuqlar




Oilasi



2014-yil 2-martda turmush qurgan, xotini — Natalya, qizi — Karolina.



Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz