Aleksandr Askochenskiy




Aleksandr Nikolayevich Askochenskiy (1898.5.9, Rossiyaning hozirgi Voronej viloyati Verxniy Lomovsk qishlogʻi – 1973.5.3, Moskva) – muhandis-irrigator, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), professor (1939), Leningrad temir yoʻl injenerlari institutini tugatgan (1925). Oʻrta Osiyo irrigatsiya va meliorativ qurilishi instituti (Sredazgiprovodxlopok) bosh muhandisi (1931 – 39), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti (1948 – 50), soʻnggi yillarda sobiq Ittifoqda qishloq xoʻjaligi boʻyicha mas’ul lavozimlarda ishlagan. Askochenskiyning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo suv re-surelarini oʻrganish, paxta ekiladigan rayonlarni sugʻorish va melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan. Katta Fargʻona kanali, Qoraqum kanalini loyihalash va qurishda qatnashgan.



Adabiyotlar




Havolalar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz