Aleksandr Abdulxoliqov





Aleksandr Rustamovich Abdulxoliqov (1975-yil 3-martda tugʻilgan, Fargʻona viloyati, Qoʻqon) — sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, himoyachisi, murabbiyi.



Tarjimai hol



Egizak akasi Aleksey bilan birgalikda G.Titov nomidagi ROZM (Respublika olimpiya zaxiralari maktabi) (Toshkent) oʻquvchisi boʻlgan, u bilan 2005-yilgacha bir xil klublarda oʻynagan. 1989—1991-yillarda "Paxtakor"ning dublida ishtirok etgan. 1991-yilda Xalqobodning „Sohibkor“ jamoasida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. 1992—1993-yillarda "Paxtakor" va „Politotdel“da Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida oʻynagan.


D1994-yildan u Rossiya chempionatining quyi divizionlarida oʻynagan: „Sokol-d“ Saratov (1994), „Zavodchanin“ Saratov (1995—1996), „Torpedo“ (Pavlovo) (1997—2000), „Svetotexnika“ Saransk (2001—2002), „Sibur-Ximik“/"Ximik" Dzerjinsk (2002, 2008-2010), „Lokomotiv-NN“ (2003), „Dinamo“ Kirov (2004), „Neftyanik“ Ufa (2005), „Spartak“ Kostroma (2006), „Orujeynik“ Tula (2007) klublarida, shuningdek Nijniy Novgorodning havaskor klublari boʻlgan „Spartak“ Bogorodsk (2010—2012), „Torpedo-Pavlovo“ (2012—2014) klublarida oʻynagan.


2013-yil oktyabr oyidan — „Torpedo“ Pavlovo futbol klubi oʻyinchisi-bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz