Aleksandr Abdalin




Aleksandr Stepanovich Abdalin (1906-yil 25-dekabr, Saratov viloyati Xmelinka — 1978-yil 23-oktabr, Toshkent ) — Oʻzbekiston SSR davlat va siyosiy arbobi; Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining oʻrinbosari (1963—1978).




Tarjimai hol



Aleksandr Stepanovich Abdalin 1906-yil 25-dekabrda Saratov guberniyasining Xmelinka shahrida kambag‘al dehqon oilasida tug‘iladi.


U 1922-yildan mardikor sifatida ishlagan. 1923-yilda komsomol, 1930-yilda – BKP(b)ga a’zo bo‘ladi. O‘zbekiston Kompartiyasi(b) MK  instruktori, O‘zbekiston KP(b) MK bo‘lim mudiri o‘rinbosari va bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Kompartiyasi(b) Farg‘ona viloyat qo‘mitasi 2-kotibi lavozimlarida ishlaydi.


1959-yil 23-martgacha — O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qo‘mitasining 2-kotibi.  


Abdalin 1963-yildan—1978-yil 2-oktabrgacha — O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining o‘rinbosari; bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida — O‘zbekiston Respublika tabiatni muhofaza qilish jamiyati raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.


O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 3—9-chaqiriqlar deputati.


Aleksandr Abdalin 1978-yil 23-oktabrda vafot etadi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.



Mukofotlari




Xotirlash



Sirdaryo viloyatida paxtachilik sovxoziga A.S.Abdalin nomi beriladi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz