Aleks Yang (footballer,born 1880)




Alexander Simpson Young (inglizcha: Alexander Simpson Young), Aleks Yang yoki Sandy Yang nomi bilan ham tanilgan shotlandiyalik futbolchi,markaziy hujumchisi.


1880-yil 23-iyunda Shotlandiyaning Slamannan shahrida tugʻilgan.




Klubdagi faoliyati



Slamannan shahrida (Sterlingshir,Shotlandiya) konchi oilasida tugʻilgan.U mahalliy „Slamannan Juniors“ klubida oʻynagan.1899-yilda Shotlandiyaning „Sent Mirren“ klubida futbolchi boʻldi.Bir yil oʻtgach u „Falkirk“ futbolchisiga aylandi.1901-yil aprel oyida Angliyaning „Everton“ klubi „Falkirk“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi, unda Yang ishtirok etdi.Yosh shotlandiyalik oʻz oʻyini bilan „Everton“ rahbariyatini hayratda qoldirdi va 1901-yilda Yang „Everton“ klubi futbolchisiga aylandi.


Yang 1901-yilning 28-sentabrida Birmingemda „Aston Villa“ga qarshi o‘yinda „Everton“ safida debyut qilgan.1902-yil 25-yanvarda Angliya kubogi tarixidagi ilk mersisayd derbisida "Liverpul" darvozasiga gol urdi.1906-yilda u „Nyukasl Yunayted“ ga qarshi finalda yagona gol urib, „Everton“ga Angliya kubogini yutib olishga yordam berdi. Yang olti mavsumda (1903/04,1904/05,1905/06,1906/07, 1907/08,1910/11) „Everton“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.1906/07-yilgi mavsumda u birinchi divizionning eng yaxshi toʻpurariga ham aylangan (28 ta gol).U „Everton“ safida jami 314 ta oʻyin oʻtkazib,125 ta gol urgan.


1911-yilda u „Tottenxem“ga oʻtdi.1911-yil 2-sentyabrda u „Shporlar“ safida „Gudison Park“ da „Everton“ga qarshi oʻyinda oʻzining sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi.U „Tottenxem“ safida 5 ta o‘yin o‘tkazib 3 ta gol urgan.


1911-yilning noyabrida u „Manchester Siti“ga koʻchib oʻtdi.U klub safida 15 ta o‘yin o‘tkazib 2 ta gol urgan.


Keyinchalik u „Saut Liverpul“ havaskor klubida oʻynadi.



Terma jamoadagi faoliyati



1905-yil 1-aprelda u Shotlandiya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi oʻyinda debyut qildi.1907-yil 4-martda u Shotlandiya terma jamoasi uchun ikkinchi va oxirgi oʻyinini oʻtkazdi-bu Uelsga qarshi oʻyin edi.



Faoliyati tugaganidan keyin



Futbolchilik faoliyatini yakunlab, akasi bilan Avstraliyaga hijrat qildi.1916-yil iyun oyida Yang oʻz akasini otib oʻldirdi, sababi u bilan uzoq vaqtdan beri pul janjali boʻlgan edi.Avstraliya sudi uni ruhiy buzuqlik haqidagi himoya vajlarini inobatga olib, odam oʻldirishda aybdor deb topdi va uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.1920-yil sentyabr oyida „SS Ceramic“ kemasida Britaniyaga qaytib keldi.U 1959-yil 17-sentyabrda Edinburgdagi ruhiy kasalxonada vafot etdi.U Seafield qabristoniga dafn etilgan (Leyt va Portobello oʻrtasida).2014-yil 3-sentabrda „Everton“ uning qabri joylashgan joyda yangi yodgorlik oʻrnatishga yordam berdi.



Yutuqlari



"Everton"

Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz