Alek Sot
Alek Sot 1969-yilda Amerikaning Minneapolis shahrida tugʻilgan. Fotografiya bilan shugʻullanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbiy qismlarini qamrab olgan „katta miqyosli Amerika loyihalarini“ amalga oshirgan. Nyu-York Tayms gazetasining sanʼatshunosi Hilari M. Sheets Alec Soth „yolgʻizlar va xayolparastlar“ nomli fotogaleriyasi orqali fotografiya sohasida katta oʻringa chiqib olganligini aytib oʻtgan. The Guardian sanʼatshunosi Xanna Butning soʻzlariga koʻra, uning ishini „zamonaviy Amerikaning gʻayrioddiy, hayratlanarli darajadagi koʻrinishlarini oddiy tasvirlarda ifodalay olgan“ deya taʼriflagan. Alec Soth Magnum Photos klubining aʼzosi hisoblanadi.
Soth "Mississipi uxlamoqda", „ Niagara“, " Buzilgan qoʻllanma ", " Qoʻshiqlar kitobi „ va “Men sizning yuragingiz qanchalik gʻazablanganini bilaman" kabi fotogaleriyalarini alohida kitoblarda va yirik nashriyotlarda nashr etgan.
U McKnight va Jerom Foundations stipendiyalarini, 2003-yilda Santa-Fe fotografiya mukofotini va 2021-yilda Qirollik Fotosurat Jamiyatining faxriy stipendiyasiga sazovor boʻlgan. Uning suratlari San-Fransisko zamonaviy sanʼat muzeyi, Xyuston tasviriy sanʼat muzeyi, Minneapolis sanʼat instituti va Uoker sanʼat markazi kollektsiyalarida namoyish etib kelinmoqda. Uning eng koʻp fotosuratlari 2004-yildagi Uitni Biennalesi va 2015-yilda Londondagi Media Spacedagi yirik shaxsiy koʻrgazmasi doirasida keng namoyish etilgan.
Shaxsiy hayoti
Soth AQShning Minneapolis shahrida tugʻilgan. U Nyu-Yorkning Bronksvill shahridagi Sara Lourens kollejida tahsil olgan.
Fotosuratlari
Sothga Diane Arbusning fotosuratlari juda yoqib qolgan. U "Missisipi uyqusi" nomli peyzaj va portretlarni oʻz ichiga olgan kitobni yaratish uchun Missisipi daryosi boʻylab sayohat qilgan.
2004-yilgi koʻrgazmadan beri Sotning ishi Uoker Evans va Stiven Shor kabi mashhur fotograflar bilan taqqoslanadi. U The New York Times jurnali, Fortune va Newsweek uchun fotograf boʻlib ishlagan.
Soth 2004-yilda chop etilgan "Missisipi uyqusida " nomli birinchi kitobidan keyin AQShning turli qismlarini ham suratga olgan. Uning ikkinchi kitobi Niagara nomi bilan 2006-yilda nashr etilgan.
Soth yana bir qancha fotografik kitoblar yaratdi, ularning orasida „Jorj V. Bush prezidentligidan charchagan“ mamlakat haqidagi „ Oxirgi kunlar“ nomli kitobi ham mashhur.
Sot 2006 va 2010-yillar oraligʻida chekinish yaʼni tarki dunyolik gʻoyasini oʻrgangan. U Lester B. Morrison taxallusidan foydalanib, u toʻrt yil davomida (2006-2010) oʻz hayotidan qochmoqchi boʻlganlar uchun Broken Manual nomli qoʻllanmasini yaratgan. Soth sivilizatsiyadan qochib, ularning chekinadigan joylarni va rohiblar, omon qolganlar, zohidlar va qochqinlarni suratga olgan. U bir vaqtning oʻzida Sotning 1990-yillarning boshidan hozirgi kungacha boʻlgan fotosuratlarini oʻzida yigʻgan " Alec Sothning Amerikasi " nomli foto kitobini ishlab chiqargan.
Nashriyot
2010-yilda Soth Little Brown Mushroom (LBM) nashriyotiga asos solgan. U bu nashriyot oraqali oʻzining va boshqa hamfikrlarning fotosuratlarini „bolalar kitoblariga oʻxshash tarzda hikoyali fotografiya kitoblarini“ nashr etgan. U egizak shaharlardan Minnesotalik yozuvchi Bred Zellar bilan koʻplab kitoblar ustida hamkorlik qilgan.
Sothning yozgan kitoblar
Boshqalar bilan nashrlar
Sothning kitoblari yoki hissa qoʻshgan kitoblari
Shaxsiy koʻrgazmalari
Toʻplamlari
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org