Alek Bolduin
Alexander Rae „Alec“ Baldwin III (talaffuzi: Aleksandr Rey „Alek“ Bolduin III; 1958-yil 3-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktyor, produser, komediyachi, yozuvchi, siyosiy faol va musiqachi. Uch karra Oltin globus va uch karra Emmy mukofotlari sohibi. Oscar, BAFTA va Tony mukofotlari nomzodi. Shuningdek oʻn bir marotaba Oltin Globus va oʻn toʻqqiz marotaba Emmy mukofotlariga nomzod boʻlgan sanoqli aktyorlardan biri. Siyosiy maydondagi faolligi bilan ham yaxshi tanilgan.
Baldwin The Hunt for Red October (1990), Aviator (2004), To Rome with Love (2012), Blue Jasmine (2013), BlacKkKlansman (2018), Murtadlar (2006), Madagaskar 2 (2008), Uddalab boʻlmas topshiriq 5 (2015), Uddalab boʻlmas topshiriq - Natija(2018) kabi koʻplab filmlarda suratga tushgan.
Yoshligi
Alexander Rae Baldwin III 1958-yil 3-aprelda AQShning Nyu York shtatidagi Amityville shahrida tugʻilgan. Uning uchta ukasi bor: Daniel (1960-yilda tugʻilgan), William (1963-yilda tugʻilgan) va Stephen (1966-yilda tugʻilgan), ular ham aktyor boʻlishgan. Shuningdek, uning ikkita singlisi bor, Elizabeth „Beth“ Baldwin Keuchler (1955 yilda tugʻilgan) va Jane Ann Baldwin Sasso (1965 yilda tugʻilgan). U katolik sifatida tarbiyalangan. Uning tomirlarida irland, fransuz va ingliz qonlari oqadi.
Alec Vashingtondagi George Washington universitetini siyosatshunoslik, Nyu-York universiteti drama sinfi, Nyu-Yorkdagi Li Strasberg institutini tamomlagan.
Filmografiyasi
Mukofot va Nominatsiyalar
Film mukofotlari
Televezion mukotlar
Teatr
Manbalar
Havolalar
Alec Baldwin IMDbda
uz.wikipedia.org