Alejandro Pozuelo




 




Alejandro Pozuelo Melero (talaffuzi: Alexandro Pozuelo Melero) 1991-yil 20-sentabrda Sevilyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Inter Miami“ klubining hujumkor yarim himoyachisi.



Faoliyati



Alejandro Pozuelo Melero oʻz shahrining „Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yilning 2-oktabr kuni u La Ligadagi debyutini „Levante“ga qarshi o‘tkazdi. 18-dekabr kuni „Atletico Madrid“ga qarshi oʻyinda Alejandro Pozuelo Melero „Real Betis“ safidagi ilk golini urdi.


2013-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Uelsning „Swansea City“ klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi. 25-avgust kuni Tottenhamga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi.


2014-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero oʻz vataniga qaytib, „Rayo Vallecano“ futbolchisiga aylandi. 14-sentabr kuni „Elche“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi.


2015-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Belgiyaning „Genk“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 18-sentyabr kuni „Mechelen“ga qarshi oʻyinda u Yupiler ligasida debyut qildi. 2016-yilning 13-martida „Ostend“ga qarshi kechgan bahsda Alejandro Pozuelo Melero „Genk“ safida ilk golini urdi. 2017-yilning 23-fevralida Yevropa ligasi doirasida Ruminiyaning „Astra“ jamoasiga qarshi o‘yinda u gol urdi. 2018-yilning 29-noyabr kuni Alejandro Pozuelo Melero Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Malmyo“ klubiga qarshi o‘yinda gol urdi.


2022-yil 7-iyulda Alejandro Pozuelo Melero „Inter Miami“ga 150 000 dollarga sotildi. U 16-iyul kuni „Inter Miami“da „Sharlotta“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 13-avgust kuni „New York City“ga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ safidagi ilk gollarini dubl bilan urdi.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz