Alejandro Meleán





Alejandro Meleán Villarroel (talaffuzi: Alexandro Melean Villaroel; 1987-yil 16-iyunda AQShning Mayami shtatida tugʻilgan) — Boliviya futbolchisi, „Jorge Wilstermann“ klubi va Boliviya terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.




Klublardagi faoliyati




Alejandro Meleán oʻz faoliyatini College of the Holy Crossda futbol oʻynashdan boshlagan. Oʻqishni tugatgach, nomdor klublardan bir qancha takliflar oldi. Ammo, shunga qaramay 2010-yil boshida Alejandro Meleán Villarroel „La Paz “ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 18-aprel kuni „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qildi. 17-oktyabr kuni „Bluming“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „La-Paz“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi. 2011-yil boshida u „Oriente Petrolero“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 18-yanvar kuni sobiq jamoasi „La-Paz“ga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán Villarroel yangi klubida debyut qildi. 28-avgust kuni „Real Mamore“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Oriente Petrolero“ futbol klubi safida birinchi golini urdi. Klub tarkibida u ikki marta chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan.


2016-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Sport Boys“ futbol klubiga oʻtdi. 13-avgust kuni „Real Potosí“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi. 3-noyabr kuni „Nacional“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Sport Boys Varnes“ jamoasi safidagi ilk golini urdi.


2017-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qoʻshildi. 29-iyul kuni „Universitario Sucre“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi. 2018-yilning 9-fevralida Libertadores kubogi doirasida oʻzining sobiq jamoasi „Oriente Petrolero“ jamoasiga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán „Jorge Wilstermann“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi.



Xalqaro faoliyati         



2012-yil 16-oktyabrda Urugvayga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Alejandro Meleán Boliviya terma jamoasi safida debyut qildi.


2016-yilda milliy terma jamoa tarkibida Alejandro Meleán Villarroel AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Panama, Chili va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.



Jamoalari




Manbalar









uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz