Alejandro Gamarra





Alejandro Romero Gamarra (talaffuzi: Alexandro Romero Gamarra; 1995-yil 11-yanvarda Argentinada tugʻilgan)— paragvaylik futbolchi, „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. U „Al Taawun“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.




Klublardagi faoliyati



Romero Gamarra „Huracán“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 6-avgustda u „Krucero del Norte“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Shuningdek, 12-oktyabr kuni „Atlético Aldosivi“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Alejandro Gamarra „Huracán“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Shu bilan bir qatorda, 2014-yilda Alejandro Gamarra jamoaga Argentina kubogini yutib, yuqori ligaga chiqishga yordam bergan.


2015-yilning 15-fevralida „Union Santa Fe“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Alejandro Gamarra Argentina premyer ligasida debyut qilgan.



Xalqaro faoliyati



2015-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alejandro Gamarra Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Panama, Avstriya va Gana  jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


2018-yilda Alejandro Gamarra ota-onasining vatani boʻlgan Paragvay terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan. Hamda, 12-iyun kuni Alejandro Gamarra Paragvay terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.


Alejandro Gamarra Paragvayning 2019-yilgi Amerika Kubogi uchun 40 kishilik dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan.


Alejandro Gamarra 2021-yilgi Amerika kubogiga boradigan futboolchilar tarkibiga kiritilgan.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz