Alejandro Balde
Alejandro Balde Martínez (18-oktyabr 2003-yilda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, “Barselona B” jamoasida chap qanot himoyachisi .
Klubdagi faoliyat
Kataloniyaning Barselona shahrida Dominikalik oilada tug'ilgan. Balde 2011-yilda RCD Espanyol jamoasidan sakkiz yoshida "Barselona" klubiga qo'shilgan. 2021- yilning iyulida u "Barselona" bilan shartnomasini 2024- yilgacha uzaytirdi, tovon puli 500 million yevro etib belgilandi.
Balde mavsumoldi, 2021-yil yozida yaxshi taassurot qoldirdi va Jordi Albaning Camp Noudagi asosiy o`rinbosari sifatida tanildi. U " Real Sosedad "ga qarshi o'yinida, shuningdek, " Atletik Bilbao "ga qarshi mavsumning ikkinchi o'yinida zaxira o'rindig'ida o'tirgan edi.
2021-yil 14-sentabrda u UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Bavariya”ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvning 74-daqiqasida Alba oʻrniga “Barselona”ning asosiy jamoasi safida ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazdi.
Faoliyatidagi statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org