Alejandro Baena





Alejandro „Álex“ Baena Rodríguez (talaffuzi: Alexandro Baena Rodriges) 2001-yil 20-iyulda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Villarreal“da yarim himoyachi vazifasini bajaradi.



Jamoalardagi faoliyati



Alejandro Baena Rodríguez „Roquetas“ va „Villarreal“ klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Alejandro Baena Rodríguez ikkinchisining zaxira jamoasida oʻynay boshladi. 2019-yilning 18-dekabrida Alejandro Baena Rodríguez Copa del Reyning „Comiglia“ga qarshi oʻyinida asosiy tarkibda debyut qildi. 2020-yilning 13-iyulida u La Ligadagi debyutini „Real Sosedad“ga qarshi oʻtkazdi. 2021-yilda Alejandro Baena Rodríguez „Makkabi Tel-Aviv“ga qarshi durang oʻyinida „Villarreal“ safida birinchi gollarini urib, klubga Yevropa ligasini yutishiga yordam berdi. 2021-yilning 19-avgustida Baena bir yillik ijara shartnomasi asosida Segunda Diviziyasining „Girona“ klubiga oʻtdi. U kataloniyaliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushganidan soʻng „Sariq suvosti kemasi“ga qaytdi va 2022-yil 13-avgust kuni „Real Valyadolid“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda dubl qayd etdi.


2022-yil 26-avgust kuni Baena va jamoadoshi Nikolas Jekson asosiy tarkibga koʻtarildi va u yerdan munosib joy olishdi.


2021-yilning yozida Alejandro Baena Rodríguez „Girona“ga ijaraga berildi. 22-avgust kuni „Las-Palmas“ga qarshi oʻyinda u Segundada debyut qildi. 8-noyabr kuni „Tenerife“ga qarshi bahsda Alejandro Baena Rodríguez „Girona“ safida ilk golini urdi. Ijara muddati tugagach, u „Villarreal“ga qaytdi.



Xalqaro karyerasi



2018-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Alejandro Baena Rodríguez Angliyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Belgiya, Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Belgiyalik va nemislarga qarshi bahslarda Alejandro Baena Rodríguez gol urdi.





Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz