Alejandra Jiménez
Alejandra Jiménez Ayala (1987-yil 29-avgustda tugʻilgan) — meksikalik professional bokschi. Alejandra Jiménez ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 2016-yildan 2018-yilgacha WBC yoʻnalishi boʻyicha ogʻir vazn toifasida chempion boʻlgan.
2020-yilning yanvaridan martigacha oʻrta vazn toifasida WBO chempionlik kamarini va 2020-yilning yanvaridan fevraligacha boʻlgan muddatda oʻrta vazn toifasida WBC chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi.
Alejandra Jiménez Ayala vazn yoʻqotish uchun 23 yoshida boks bilan shugʻullangan va toʻrt yil oʻtmay jahon chempioni boʻlgan. Alejandra Jiménez Ayala professional boʻlishidan oldin oʻnta havaskor jangda gʻalaba qozongan, ularning yarmi erkak bokschilarga qarshi chiqqan. Alejandra Jiménez Ayala ogʻir vazn toifasida sobiq WBC ayol chempioni va ogʻir vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi meksikalik bokschi edi. Birinchi boʻlib Alejandra Jiménez Ayala qoʻlga kiritgan ushbu unvonni qoʻlga kiritgan bokschi Marta Salazar edi.
Xulosaga qilganda, Alejandra Jiménez Ayala butun boksdagi faoliyati davomida jami 14 marta professional ringga chiqdi va biron marta ham magʻlubiyatga uchramadi, faqat atiga bir martagina raqibasi Maria Jose Velis 2017-yilda durang oʻynadi. Shuningdek, Alejandra Jiménez Ayalaraqiblarini nokaut qilish hisobiga gʻalaba qilsih koʻrsatkichi boʻyicha ham anchayin yacshi natijaga ega. Xususan, u oʻtkazgan barcha 14 ta professional ringdagi jangidan 9tasida oʻz raqibini nokaut qilish hisobiga gʻalabaga erishgan. Bu jami hisobda 70 % samaradorlik natijasidan ham yuqori hisoblanadi. Shuning uchun ham Alejandra Jiménez Ayala WBC ayol chempioni va ogʻir vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Professional boks rekordi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org