Alâeddin Halil Mirza Bey




Alâeddin Halil Mirza Bey (turkcha: Alâeddin Halil Mirza Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning nabirasi va Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan..

Tarix



Alâeddin Halil Mirza Bey beklikni 1332-1340-yillar orasida boshqargan. 1332-yilda akalari Bedreddin İbrahim Bey I va Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Beylarning hududlarida bekligini eʼlon qilgan va 1340-yil, oʻlimiga qadar beklik boshida boʻlgan. Beklik davrida hech qanday harbiy hujumlar uyushtirmadi. Biroq u hukmronlik qilgan davrda Ermenekda bir qancha masjidlar va boshqa ijtimoiy inshootlar qurdirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz