ALEATIKO
ALEATIKO, Aleatiko Pero, uva liatika— vinobop uzum navi. 1830 yilda Italiyadan Krimga, 19 – asrning 2-yarmida O’zbekistonga keltirilgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi o’rtacha o’sadi. Bargi bir oz cho’ziq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi konussimon tsilindr shaklida, o’rtacha kattalikda (bo’yi 15-18 santimetr, eni 10-13 santimetr), og’irligi 140-150 gramm, shingillari o’rtacha tig’iz. G’ujumi dumaloq, qizg’ish-ko’k. Eti muskat hidli, shirador; hosili faol harorat 2800°-3200° bo’lganda 140-160 kunda pishib yetiladi (sentabr o’rtalarida), tarkibidagi qand 25-26% ga yetadi. Hosildorligi 90-100 tsentner/gektar. Toki suvsizlikka chidamsiz. Aleatiko o’tloqi va soz tuproqlarda yaxshi o’sadi. Raga bilan zararlanadi, kul kasalligiga chidami o’rtacha.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz