Aldo Moro




MORO (Moro) Aldo (1916-1978) - Italiya davlat va siyosiy arbobi, diplomat. M. Italiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1948—50); parlamentda Xristian-demokratik partiyasi (XDP) fraksiyasi yetakchisi (1953—55); adliya vaziri (1955—57); maorif ishlari vaziri (1957—59); XDP siyosiy kotibi (1959-63); Italiya Bosh vaziri (1963— 68, 1974—76); tashqi ishlar vaziri (196566, 1969-72 va 1973-74); XDP Milliy kengashi raisi (1976—78). Xalqaro keskinlikni yumshatish hamda sotsialistik mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish tarafdori boʻlgan. Terrorchi "Qizil brigadalar" tashkiloti tomonidan oʻldirilgan.



Manbalar


















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz