ALDAR KO’SA



ALDAR KO’SA — turkiy xalqlar ertaklaridagi to’qima obraz. Aldar ko’sa qozoq, o’zbek, qirg’iz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar satirik ertaklarida hayotiy ko’lamda ta’riflanadi, tarixiy shaxs emas. Aldar ko’sa an’anaviy, qadimgi obraz bo’lib urug’, qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Ko’sa atamasi ikki xil ma’noni: biri — oila, urug’, qabila boshlig’ini; ikkinchisi — dahanida bir tuki yo’q erkak kishini anglatadi. Aldar — ismi, ko’sa — laqabi. Aldar ko’sa ertaklarda asosan ijobiy, ba’zan salbiy obraz sifatida namoyon bo’ladi. U o’ta aqlli, tadbirkor, ayyor va ustomon. Aldar ko’sa salbiy sifatga ega obrazligi keyingi davr xalq og’zaki ijodi namunalariga xos.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz