Alcidae





Chistiklar (Alcidae) - rjankasimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi, 22 turi bor. Haqiqiy dengiz kushlari. Ogʻirligi 80 g dan 1,2 kg gacha. Usti qora, qorni oq. Ikkala jins ham bir xil tusda. Tana tuzilishi suvda suzish va shoʻngʻishga yaxshi moslashgan. Oyokdari qisqa, oldingi uch barmogʻi suzgʻich parda bilan tutashgan. Tumshugʻi har xil koʻrinishda. Juda tez uchadi. Chistik. Uchishda orqaga uzatilgan panjalari rul vazifasini bajaradi. Yerda besoʻnaqay va yomon yuradi; suv ostida qanotlari yordamida harakatlanadi. Urchish davrida boshida patli kokillar, tumshugʻida shoxsimon plastinka va oʻsmalar paydo boʻladi. Ch. quruqlikka faqat tuxum qoʻyish uchun chiqadi. Qoya yoriklariga va boshqa joylarga uya quradi. Koloniya hosil qiladi. 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 24—35 kun bosadi. Mayda baliq, qisqichbaqalar, mollyuskalar, dengiz chuvalchanglari bilan oziqlanadi. Shimoliy Muz okeani, Yevropa, Osiyo hamda Amerikaning Tinch va Atlantika okeanlari shim. qirgoklarida tarqalgan. Tuxumi va goʻshti uchun koʻp ovlanganligi sababli kamayib bormoqda. Hozir tuxumini yigʻish takiqdangan. Katta ahamiyatga ega boʻlgan qushlar bozori qoʻriqxonalarga aylantirilgan.














uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Alcidae oilasi (yoki alcidalar) - bu qushlarning suvli muhitga moslashgan oilasi bo‘lib, asosan Shimoliy Yarimsharda, xususan Arktika va subarktika hududlarida yashaydigan dengiz qushlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan okean sohillari va qutb sharoitlarida uchraydi.

Umumiy tavsif

Hayot tarzi

Muvozanat va ahamiyati

Alcidae oilasi dengiz ekosistemasining muhim qismidir. Ular dengiz baliqlari sonini nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, tabiiy muvozanatni saqlashda va oziq-ovqat zanjirida o‘rni katta.

Qiziqarli faktlar

Xulosa

Alcidae oilasi - sovuq dengiz sohillari qushlari bo‘lib, ularning ekologik va biologik xususiyatlari insonlar tomonidan chuqur o‘rganiladi. Ular dengiz hayotining ajralmas qismi hisoblanadi va tabiiy muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz