Albrextsberg qal'asi




Albrextsberg qal’asi (nemischa: Schloss Albrechtsberg) — Drezden yaqinidagi Elba daryosuning oʻng qirgʻogʻida joylashgan uchta Elba qal’asidan biri.


U 1850-1854 yillarda Prussiya klassitsizmi uslubida Prussiya qirollari Fridrix Uilgelim IV va Vilgelm I ning ukasi Prussiya shahzodasi Albrext uchun Shinkelning shogirdi arxitektor Adolf Loxse tomonidan qurilgan. Shahzoda Albrext Prussiya saroyi qarshiligiga qaramay, oʻzining birinchi rafiqasi Marianna Oranskaya-Nassauning saroy xonimi Rosaliya fon Raux bilan morganatik (ijtimoiy teng boʻlmagan) nikohda kirib, Berlindan Saksoniyaga ketgan vaqtida bu yerda yer uchastkasi sotib olgan edi.


Ota-onalari vafotidan keyin Albrextsberg qal’asida ularning oʻgʻillari, avval Fridrix, keyin Vilgelm fon Gogenau yashagan. 1914-yilda aka-ukalarining eng kichigi Fridrix vafot etgandan soʻng, kartadan katta qarzdor boʻlib qolgan Vilgelm 1925-yilda qal’ani shaharga sotishga majbur boʻldi. 1937-yildan qal’a binolaridan SA otliqlar rotasi uchun kazarma va otxona sifatida foydalanilgan. 1943-yildan qal’aning yertoʻlalari bomba tashlash vaqtlarida Drezden bolalar uylarini tarbiyalanuvchilari uchun boshpana boʻlib xizmat qilgan. Urushdan keyin boshqa Elba qal’alarida boʻlgani kabi Albrextsbergda ham Qizil Armiya boʻlinmalari joylashtirildi. 1948-yilda GDR Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shahardan sotib olingan qal’ada „Inturist“ mehmonxonasi ochildi. 1951-yilda saroyda sovet modeli boʻyicha GDRda birinchi pionerlar saroyi ochildi.


Qal’ada qurilgan park 1930-yildan boshlab jamoat uchun ochiq. Hozirgi vaqtda qal’a binosidan turli madaniy tadbirlar uchun foydalaniladi va toʻy marosimlari uchun ijaraga olinadi.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz