Al-Botin eksklyuziv aeroporti
Al-Botin eksklyuziv aeroporti (arabcha: مطار البطين) (IATA:
AZI , ICAO:
OMAD ) BAA poytaxti Abu-Dabi shahri markazidan 6.5 nautical mile (12.0 km; 7.5 mi) masofada joylashgan maxsus biznes-jet xalqaro aeroportidir. Aeroport Abu-Dabi orolida joylashgan. U 1970-yilda
Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilib (hozirgi Abu-Dabi xalqaro aeroporti bilan adashtirmang), shaharning avvalgi aeroportini almashtirgan.
Tarixi
Aeroport 1960-yillarda qurilgan va 1970-yilda Abu-Dabi xalqaro aeroporti sifatida ochilgan.
1982-yilda shaharning janubi-sharqida ortib borayotgan havo qatnovini qondirish uchun yangi aeroport ochildi.
1983-yilda Al-Botin harbiy havo bazasiga aylandi, Botin aviabazasi sifatida tanilgan.
1990-yil 17-avgustdan boshlab AQSh Havo kuchlarining ikkita boʻlinmasi Al-Botinga, oxir-oqibat Fors koʻrfazi urushiga aylangan harbiy mojarolarga tayyorgarlik koʻrish uchun joylashtirildi. Al-Botinga joylashtirilgan birinchi boʻlinma Arkanzas shtatidagi Litl-Rok havo kuchlari bazasidan oʻn oltita Lockheed C-130E Hercules transport samolyotiga ega 50-taktik havo yuk koʻtarish eskadroni edi. Unga 1990-yil 26-avgustdan boshlab, Arizona shtatidagi Devis-Montan havo kuchlari bazasidan 41-elektron jangovar eskadron oʻzining oltita Lockheed EC-130H Compass Call elektron hujum samolyotlari bilan qoʻshildi.
Aeroport 2008-yilgacha harbiylar nazorati ostida boʻlib, oʻshanda u Al-Botin eksklyuziv aeroporti nomi ostida eksklyuziv samolyotlariga xizmat koʻrsatadigan fuqarolik aeroportiga aylangan.
2022-yil 8-dekabrda aeroportda amerikalik basketbolchi Viktor But hamda rossiyalik qurol tujjori Britt Griner mahbus sifatida almashilgan.
2023-yil aprel oyida Dubayda joylashgan Jetex aviatsiya kompaniyasi Al-Botin eksklyuziv aeroportida shaxsiy terminal (FBO) ochganini eʼlon qildi.
Hukumatning foydalanishi
Al-Botin mushtariylari orasida BAA dengiz aviatsiyasi vertolyotlari eskadroni va Abu-Dabi politsiya departamentining havo qanoti bor.
Yoʻlovchi aviakompaniyalari va yoʻnalishlari
Rotana Jet 2014-yil oktyabr oyida barcha rejalashtirilgan tijorat operatsiyalarini Abu-Dabi xalqaro aeroportining 2-terminaliga koʻchirdi va Al-Botindan xususiy reaktiv qatnovlarni amalga oshirishda foydalanmoqda.
Shveytsariyaning quyosh energiyasi bilan ishlaydigan eksperimental samolyoti, Solar Impulse 2 2015-yilda soʻnggi marta aeroportga qoʻndi. Aeroportdan butun dunyo boʻylab harakatlanish uchun boshlangʻich nuqta sifatida foydalangan. Samolyot 2015-yil 9-mart kuni havoga koʻtarilgan va yaqin atrofdagi Ummonga, soʻngra Hindistonga uchgan. U 2016-yil 25-iyulda Qohiradan Abu-Dabiga qoʻnadigan soʻnggi poyga uchun qoʻnish joyi sifatida ham foydalanilgan.
Ilgari parvoz qilgan aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Yoʻlovchi tashish
Yuk tashish
Hujjatlarda tasvirlanishi
Aeroport 1969-yil mart oyida Abu-Dabi tomonidan chiqarilgan pochta markalari toʻplamida tasvirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org