ALBISSIYA (Albizia) – burchakdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar turkumi. 50 ga yaqin turi bor. Asosan tropik va subtropik hududlar (Eron, Hindiston, Efiopiya, Zakavkazye) da yovvoyi holda uchraydi. Barglari juft patsimon, murakkab, gullari kallak to’pgulga yig’ilgan. O’zbekistonda Albissiyaning Albissiya julibrissin xushmanzara turi o’sadi. Bu tur yovvoyi holda Ozarbayjondagi Talish tog’i o’rmonlarida tarqalgan bo’lib, “Ipak akatsiya” nomi bilan Kavkazning boshqa joylarida, Qrim va O’rta Osiyoda ham ekiladi. O’zbekistonda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona shaharlarida o’stiriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish