Alberto Calderón





Alberto Calderón (talaffuzi: Alberto Kalderon) (14-sentyabr 1920-yil — 16-aprel 1998-yil) — argentinalik matematik. Calderón Qisman differensial tenglamalar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 1989-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.


Calderón 1920-yilda Mendoza shahrida tugʻilgan. Avval Buenos Aires universitetida qurilish muhandisligi sohasida taʼlim olgan. 1947-yilda universitetni tamomlagach, YPF davlat neft kompaniyasining geofizik boʻlimining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga ishga kirgan. Soʻngra Buenos Aires universitetida ishlagan. 1950-yil Chicago universitetidan PhD darajasini olgan.


Calderón akademik rahbari Antoni Zygmund bilan oʻttiz yil davomida ilmiy hamkorlik qilgan. Xususan, ikki olim singular integrallar boʻyicha Calderón-Zygmund teoriyasini hamda Calderón-Zygmund dekompozitsiya lemmasi ishlab chiqqan. Olim, shuningdek, Cauchy masalasini isbotlab, qisman differensial tenglamalar sohasiga ham hissa qoʻshgan.




















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz