ALBERTINA



ALBERTINA — Vena shahridagi grafika asarlari ko’rgazmasi, dunyoda eng boy to’plamlardan: 35 mingdan ziyod rasm, miniatyura asarlari, 1 milliondan ortiq gravyura va litografiya, plakatlar mavjud. Rafael, A. Dyurer, P. Rubens, Rembrandt va boshqalar yaratgan ko’plab nodir rasmlar yig’ilgan. 1776 yilda gertsog Albertining shaxsiy to’plami sifatida asos solingan. 1920 yilda Vena universiteti gravyura kabineti bilan birlashtirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz