Albert Xachaturov





Albert Iosifovich Xachaturov (1930-yil 8-mart, Toshkent — 1976-yil 8-fevral) — sovet va oʻzbek kinorejissori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist




Tarjimai hol



Xachaturov 1930-yil 8-martda Toshkent shahrida dunyoga keladi.


Maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1948-yilda kinoaktyorlar maktabini bitiradi. U 1953-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan.


Ushbu yili Namangandagi Navoiy nomidagi drama teatrida bosh rejissor, Hamza nomidagi akademik teatrida rejissor sifatida faoliyat olib bordi.


Albert Iosifovich 1960-1976-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissori boʻldi.


U Toshkent musiqa bilim yurtida va Toshkent teatr va rassomchilik institutida talabalarga dars bergan.


Xachaturov shuningdek, “Nashtar” respublika satirik kinojurnalining bir qator kinolavhalar rejissori sanaladi.


El ardoqlagan rejissor 1976-yil 10-fevralda vafot etgan.



Oilasi



Rejissorning rafiqasi Nadejda Savvishna teatrshunos va telejurnalist.




Filmografiyasi



Rejissorlik ishi




Ssenariy ishi




Havolalar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz