Albert Veynik





Albert-Viktor Iozefovich Veynik (1919-yil 3-oktyabr, Toshkent – 1996-yil 24-noyabr, Minsk) – sovet termofiziki. Belarus SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1956), texnika fanlari doktori (1953), professor (1955). U issiqlik va massa almashinuvi nazariyasi va quyma termofizikasi asoschilaridan biri sifatida tanilgan. Shuningdek, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinmagan real jarayonlarning termodinamik nazariyasi (TRP) muallifi.




Tarjimai holi



Albert-Viktor Veynik 1919-yil 3-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Qizigʻi shundaki, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida Viktor-Albert yozilgan, ammo umrining koʻp qismida Albert ismi koʻproq ishlatilgan. Turli davrlardagi bosma asarlarda bosh harflar "A. I.", "A.-V. I.", yoki "V. I." ishlatgan. 1992-yilda pravoslavlikni qabul qilgandan keyin Viktor nomi bilan faoliyatini davom ettirgan.



Oilasi



Iozefovich 1944-yildan 1950-yilgacha Tatyana Nikolayevna Orlova bilan turmush qurgan. 1945-yil 27-iyulda ularning oʻgʻli Viktor dunyoga keldi.


1958-yilda Vera Vladimirovna Sitinaga uylandi. 1959-yil 27-iyulda ularning oʻgʻli Vitaliy va 1961-yil 1-oktyabrda Aleksandr tugʻildi. Vera ikkinchi farzandini dunyoga keltirish paytida dunyodan koʻz yumgan.



Ilmiy faoliyati



Veynik 1947-yilda „Qattiq jismlarni isitish va sovutish“ nomli nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1950–1954-yillarda MATI „Aviamotorlar va issiqlik texnikasi“ kafedrasida va 1954–1957-yillarda „Qattiq jismlarni isitish va sovutish“ kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib bordi. Moskva oziq-ovqat sanoati texnologik instituti (MTIPP) fizika fakultetida professor boʻlib ishlagan.


1953-yilda N. E. Bauman nomidagi Moskva Oliy Texnika Universiteti Ilmiy Kengashida „Quyma nazariyasining issiqlik asoslari“ dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari doktori unvonini olgdi.


1956-yilda Belorusiya SSR Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari boʻlimiga muxbir aʼzosi etib saylandi va shundan soʻng Minskka koʻchib oʻtdi.


Albert Veynik 1992-yilda choʻqindi, shundan soʻng moddiy va maʼnaviy olamlarning oʻzaro taʼsirini, oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga oʻtdi.


Umrining soʻnggi yillarida „Astronalniy plan“ va ularning bioorganizmlarni boshqarishi, yaʼni Yerning biosferasi haqida kitob ustida ishladi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz