Albert Szent-Györgyi




Albert Szent-Györgyi (16-sentyabr 1893, Budapesht – 22-oktabr 1986, Woods Hole, Massachusetts) — amerikalik biokimyogar (millati venger), tibbiyot (1917-yildan) va falsafa doktori (1927-yildan). AQSH milliy Fanlar akademiyasi (1956-yildan) va Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957-yildan). Budapesht universitetini tugatgan. 1922—26 yillarda Niderlandiyada, keyinchalik Buyuk Britaniyada (Kembrij universitetida) ishlagan. 1930-yil Vengriyaga kaytgan; Seged (1931—45) va Budapesht universiteti (1945— 47) professor 1947-yildan AQSH dengizbiol. laboratoriya va muskullarni oʻrganish instituti xodimi. Ilmiy faoliyati biologik oksidlanish jarayoni, toʻqimalarning nafas olishi, muskul tarkibidagi oqsillar (aktin va miozin) ni oʻrganishga oid. Muskullar qisqarishining molekulyar mexanizmiga oid nazariyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1937).



Manbalar
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz