ALBERT KO’LI
ALBERT KO’LI – Sharqiy Afrikadagi ko’l, Nil daryosi havzasida, dengiz sathidan 619 metr balandlikdagi tektonik soylikda. Uzunligi 160 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Maydoni 5,6 ming kilometr kvadrat, chuqurligi 58 metrgacha. Qirg’oqlari tik. Semliki va Viktoriya Nil daryolari. quyilib, Albertnil daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kema qatnaydi. Asosiy portlari: Butiaba, Kaseni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz