Albert Kishkovskiy





Albert Nikolayevich Kishkovskiy (7-yanvar 1922-yil – 29-may 1997-yil) – rus rentgenologi, tibbiyot fanlari doktori, professor, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi (1984), tibbiyot xizmati general-mayori.



Biografiyasi



Albert Kishkovskiy 1922-yil 7-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1943-yilda Saratov tibbiyot institutining harbiy fakultetini tamomlagan. Nikolayevich Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻlgan va tibbiy batalonda jarroh boʻlib ishlagan.


Nikolayevich 1946-yildan Kiyev harbiy okrugi gospitalida rentgenolog, 1952-yildan 1954-yilgacha Shimoliy kuchlar guruhining bosh radiologi boʻlib faoliyat yuritgan.


1954-yildan Harbiy tibbiyot akademiyasida dars bergan va ilmiy ish olib borgan. Albert 1965-yilda „Oʻtkir nurlanish kasalligida limfa tizimidagi funksional va morfologik oʻzgarishlar“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 1968-yildan 1989-yilgacha Harbiy tibbiyot akademiyasining rentgenologiya va radiologiya kafedrasi mudiri hamda SSSR Mudofaa vazirligining bosh rentgenologi boʻlib ishladi. Albert Nikolayevich „Vestnik rentgenologii i radiologii“ jurnali tahririyati aʼzosi. Bundan tashqari general-mayori vazifasida xizmat qilgan.


Uning tadqiqot mavzulari:


yopiq shikastlanishlar va ichki organlarning shikastlanishlarini shoshilinch rentgen diagnostikasi;


koʻp ogʻir jarohatlar, oʻtkir kasalliklar va zaharlanish natijasida yuzaga kelgan ogʻir sharoitlarda rentgen tekshiruvi;


bosh, koʻkrak va qorin boʻshligʻi organlarining shikastlanishi va yaralari uchun elektroradiografiya va kompyuter tomografiyasidan foydalanish;


oʻsma boʻlmagan kasalliklar uchun radiatsiya terapiyasi.


Albert 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi (hammuallif).


Nikolayevich SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan (1984).


Kishkovskiy I va II darajali Vatan urushi, Qizil Yulduz ordeni (ikki marta) va medallar bilan taqdirlangan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz