Albert Guðmundsson




 




Albert Guðmundsson (talaffuzi: Albert Gyudmyundsson)(1997-yil 15-iyunda tugʻilgan) — islandiyalik professional futbolchi, Italiyaning „Genoa“ klubida Yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Islandiya terma jamosi sharafini himoya qiladi.




Klubdagi faoliyati



Albert dastlab 2013-yilda Niderlandiyaning SC Heerenveen jamosiga qoʻshilgan. 2015—16-yilgi mavsum uchun u PSV jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2015-yilda Jong PSV safida debyut qilgan.


2022-yilning 31-yanvarida u Italiyaning „Genoa“ klubiga o‘tgan.



Xalqaro faoliyati



Albert Islandiya terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritgan Xitoy kubogi 2017da oʻynagan.


2018-yil may oyida u Islandiya terma jamoasining 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.



Shaxsiy hayoti




Albert futbolchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi sobiq xalqaro hujumchi va tele sharhlovchisi Gudmundur Benediktsson. Albertning onasi sobiq xalqaro hujumchi Kristbyorg Ingadott, sobiq xalqaro hujumchi Ingi Byorn Albertssonning qizi boʻlib, u Islandiya oliy divizionida 1987-yildan 2012-yilgacha eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi hisoblanadi.


Ingining otasi , Albertning katta bobosi „Milan“ va "Arsenal "ning sobiq hujumchisi va keyinchalik Moliya vaziri Albert Gudmundsson, Islandiyaning birinchi professional futbolchisi boʻlgan. Islandiya terma jamoasi safida harakat qilgan bu olia vakillariga mansub toʻrt avlodining barchasi raqib darvozasiga gol kiritishgan.



Faoliyat statistikasi



Xalqaro





Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz